Kontent qismiga oʻtish

Köprülü kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Köprülü kutubxonasi – Istanbuldagi kutubxona. 1678-yilda Usmonli Sadr Vaziri Köprülü Mehmed Posho tomonidan asos solingan. Bu Yaqin Sharqdagi birinchi ommaviy kutubxona boʻlgan. Kutubxonada hozirda 3790 ta qoʻlyozma mavjud.

Birinchi kitob Köprülü oilasi tomonidan sovgʻa qilingan, kitoblar soni keyingi xayriyalar va xaridlar bilan koʻpayishda davom etgan. Kutubxonaga qilingan barcha xayriyalar ichida Köprülü Mehmet Posho, Fozil Ahmet Posha, Hoji (Hofiz) Ahmet Posho va Mehmet Asim Bey tomonidan qilingan xayriyalar eng koʻpi boʻlgan. Kutubxona kolleksiyasida turk, arab va fors tillarida[1] 3790 ta qoʻlyozma hamda 1500 ga yaqin bosma asarlar mavjud. Köprülü kutubxonasi katalogi Ramazon Sheshen, Jevat İzgi va Jemil Akpinar tomonidan tayyorlangan va 1986-yilda nashr etilgan[1][2]. Koprülü kutubxonasi dunyodagi eng muhim islom qoʻlyozmalari saqlanadigan kutubxonalardan biri hisoblanadi[1].

Köprülü kutubxonasi